“Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” mavzusida 1 oylik malaka oshirish kursi

“Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” mavzusida 1 oylik malaka oshirish kursi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalari rahbar kadrlari va professor-oʻqituvchilari uchun shartnoma asosida “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” mavzusida navbatdagi 1 oylik (144 soat) malaka oshirish kursini tashkil etish rejalashtirilgan.

Mazkur kursning 72 soati 2025-yil 8-sentyabrdan 20-sentyabrgacha Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida hamda qolgan 72 soati 22-sentyabrdan 2-oktyabrgacha Finlyandiya va Shvetsiya davlatlarining nufuzli oliy taʼlim muassasalarida tashkil etiladi.

Malaka oshirish kursi yakunida tinglovchilarga davlat namunasidagi malaka attestati, xorijiy malaka oshirganlik sertifikati hamda xorijiy universitetda dars mashgʻuloti olib borganligi haqida maʼlumotnoma beriladi.

Ushbu kurslarda ishtirok etish istagini bildirgan rahbar va professor-oʻqituvchilar maʼlumotlarini joriy yilning 26-iyul kuniga qadar ilovadagi namuna asosida Xalqaro Nordik universitetiga (niu_edu@exat.uz yoki https://t.me/yuldashev0121) tasdiqlangan variantda taqdim etishi soʻraladi.