Prezident farmoni mazmuni universitet jamoasiga yetkazildi
2025-yil 20-oktabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining PF–184-sonli farmoni hamda PQ–309-sonli qarori mazmunini
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov
universitetning professor-o‘qituvchilari va xodimlariga batafsil bayon
qildilar.
Tadbir davomida rektor mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini
rivojlantirish, ilm-fan salohiyatini oshirish hamda ta’lim jarayonlarini
zamonaviy talablarga moslashtirish borasida Prezident tomonidan ilgari surilgan
ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, farmon va qaror asosida universitet faoliyatida amalga
oshiriladigan islohotlar, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash,
o‘qituvchilarning malakasini oshirish va talabalar uchun yaratiladigan yangi
imkoniyatlar yuzasidan ham atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida rektor jamoani belgilangan vazifalar ijrosini
ta’minlashda faollik va mas’uliyat bilan yondashishga chaqirdi.
