Professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro malaka oshirish kurslari
Oliy ta’lim tizimi rahbar
kadrlari va professor-o‘qituvchilari uchun xalqaro malaka oshirish kurslari
tashkil etilmoqda.
Mazkur dastur Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish instituti (OTTPKQTMOI), Xalqaro Nordik universiteti, Tallinn
texnologiya universiteti (Estoniya) hamda Prime Education Finland (Finlandiya)
ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida amalga
oshiriladi.
Dastur muddati:
2026-yil 1–15-iyul – onlayn mashg‘ulotlar;
2026-yil 17–28-avgust – “Ta’limda sun’iy intellekt” mavzusidagi xalqaro malaka
oshirish kurslari.
Malaka oshirish o‘tkaziladigan davlatlar:
Latviya
Estoniya
Finlandiya
Shvetsiya
Turkiya
Tinglovchilarga beriladi
Davlat namunasidagi malaka attestati;
Xorijiy malaka oshirganlik sertifikati.
Muhim ma’lumotlar
Xorijdagi malaka oshirish dasturi 12 kun muddatga mo‘ljallangan.
Nomzodlardan xorijiy til bilish darajasi talab etilmaydi.
Mashg‘ulotlar va tashriflar uchun tarjimonlar jalb qilinadi.
Hujjatlarni topshirish muddati
Nomzodlar ro‘yxatini tasdiqlangan holda 2026-yil 20-iyunga qadar taqdim etish
so‘raladi.
Qo‘shimcha ma’lumot
Malaka oshirish kursi haqida batafsil ma’lumot: http://nordictraining.uz/
Hujjatlarni yuborish uchun
📧 niu_edu@exat.uz
📱 Telegram: @yuldashev0121
Nordic Training
Nordic Training - Xalqaro Nordik universitetining maxsus xorijiy malaka
oshirish dasturi.
