Qurilish fakulteti talabalari amaliy ekskursiyada ishtirok etdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Qurilish
fakultetining ingliz tilida tahsil olayotgan talabalari Regnum Plaza by Murad
Buildings qurilish obyektiga bordilar. Ekskursiya davomida ular zamonaviy
qurilish texnologiyalari va usullari bilan tanishib, amaliy bilim va
ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Uchrashuv davomida
"Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik" kafedrasi katta
o‘qituvchisi Olimxon Xondamir bino konstruksiyasi, qo‘llanilayotgan
materiallar, yuk ko‘taruvchi tizimlar va muhandislik yechimlari haqida ma’lumot
berdi. Shuningdek, energiya tejamkorlik, barqaror qurilish tamoyillari,
logistika, xavfsizlik va resurslarni boshqarish masalalariga alohida e’tibor
qaratildi. Mazkur ekskursiya talabalar uchun nazariy bilimlarini amaliyotda
mustahkamlash, kasbiy terminologiyani chuqurroq o‘zlashtirish hamda xalqaro
qurilish tajribasi bilan yaqindan tanishish imkonini yaratdi.