“Qurilish – UzBuild 2026”
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, magistrlar, doktorantlar va talabalar!
2026-yil 10–12-fevral kunlari Toshkent shahrida “Qurilish
– UzBuild 2026” 27-Xalqaro O‘zbekiston ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma doirasida 2026-yil 10–11-fevral kunlari Qurilish
industriyasining 7-Xalqaro konferensiyasi – ICCI 2026 tashkil etiladi.
🔹 Konferensiya yo‘nalishlari:
- O‘zbekiston qurilish sektorining jadal rivoji
- Barqaror qurilish va “Yangi Toshkent” megaloihasi
- Zamonaviy devеlopment va
urbanizatsiya
- Shahar infratuzilmasi: transport, ЖКX, ekologiya va xavfsizlik
- Qurilish materiallari ishlab chiqarishidagi yangi bosqich
📍 Manzil: Uzexpomarkaz,
Atrium 2 zali
🗓 Sana: 10–11-fevral
2026-yil
🗣 Til: rus
va ingliz tillari
Konferensiyada professor-o‘qituvchilar, shuningdek 4-kurs
talabalari, magistrlar va doktorantlar tinglovchi sifatida ishtirok
etishlari mumkin.
⚠️ O‘rinlar soni cheklangan.
Ishtirok etishni xohlovchilar fakultet dekani yoki kafedra
mudiri orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi. Ishtirokchilar ro‘yxati
belgilangan tartibda tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi.
