“Raqamli transformatsiya sharoitida biznesni tashkil etish va samarali boshqarish” mavzusida qisqa muddatli o'quv kursi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va
tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda – Oliy biznes maktabi)
Italiyaning Milan shahrida Milan texnika universitetining Oliy menejment
maktabi (POLIMI Graduate School of Business) bilan hamkorlikda 2025-yilning
22–26 sentabr yoki noyabr oyida “Raqamli transformatsiya sharoitida biznesni
tashkil etish va samarali boshqarish” mavzusida qisqa muddatli kurs tashkil
etmoqda.
Mazkur qisqa muddatli o‘quv kursida ishtirokchilar raqamli
transformatsiya sharoitida biznesni tashkil qilish, ularni strategik
boshqarish, korporativ va loyiha boshqaruvini raqamlashtirish, biznesda sun’iy
intellektni qo‘llash, korporativ boshqaruvda ESG-menejment, shuningdek,
barqaror rivojlanishning xalqaro standartlari kabi mavzular bo‘yicha amaliy
bilim va tajribalarga ega bo‘ladilar. Ishtirokchilar Italiyaning yetakchi
kompaniyalariga, xususan EDISON, PIRELLI, ROLD, UNICREDIT tashrif buyuradilar.
Ushbu o‘quv kursi ishtirokchilar uchun yuqori darajadagi tajriba va
yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini taqdim etib, raqamli transformatsiya
jarayonlarini samarali boshqarish bo‘yicha ilg‘or amaliyotlardan foydalanishga
imkon beradi.
O‘quv kursining qiymati (havo yo‘llari chiptalari qo‘shilgan holda) bir
nafar ishtirokchi uchun 43 559 000 so‘mni tashkil etadi. Mehmonxona va kunlik
xarajatlar ishtirokchini yuborgan korxona yoki ishtirokchi tomonidan qoplanadi.
Mazkur dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar Oliy biznes maktabiga
murojaat qilishlari mumkin: ird@rgsbm.uz