RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
talabalarining to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlari yuzasidan turli
fikr va munosabatlar bildirilmoqda.
Shu munosabat bilan ma’lum qilamizki, 2025–2026 o‘quv yili uchun belgilangan
to‘lov-kontrakt mablag‘lari amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda talabalar
bilan tuzilgan shartnomalar talablariga muvofiq 2026-yil 1-may sanasiga qadar
to‘liq miqdorda to‘lanishi shart.
Belgilangan muddatda to‘lov-kontrakt majburiyatlarini bajarmagan talabalar
bo‘yicha amaldagi qonunchilik va universitetning ichki me’yoriy hujjatlariga
muvofiq tegishli choralar ko‘riladi.
Shuningdek, universitet faoliyati, mansabdor shaxslari yoki muassasaning
ishchanlik obro‘siga taalluqli ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari hamda
ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatishda axborotning haqqoniyligi va
ishonchliligiga rioya etilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, shaxs yoki tashkilotning
sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi yolg‘on
ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek haqorat qilish holatlari uchun qonunda
belgilangan tartibda ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Hurmatli talabalar, to‘lov-kontrakt mablag‘larini belgilangan muddatlarda
amalga oshirishingizni hamda universitet faoliyatiga oid ma’lumotlarni faqat
rasmiy manbalar orqali olishingizni so‘raymiz.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Axborot xizmati rahbari: Munisa Niyazova
