Rektor B. Tulaganov 1-sonli talabalar turar joyida bo‘ldi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B.
Tulaganov 1-sonli talabalar turar joyida bo‘lib, u yerda yashayotgan talabalar
bilan bevosita muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq va
samimiy suhbat qurilib, ularning fikr va takliflari diqqat bilan tinglandi. Talabalar
tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarga alohida e’tibor qaratilib,
ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.