Rektor va yoshlar uchrashuvi
Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti rektori v.v.b. B.A.Tulaganov Qurilish fakulteti talabalari bilan
uchrashuv oʻtkazdi. Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar
prorektori S.Mardov, Akademik faoliyat boʻyicha prorektor R.Xadjayev, fakultet
dekani A.Abdullayev va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida
oʻtgan uchrashuvda universitetda tahsil olayotgan talabalarga sifatli taʼlim
olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlarni taʼkidlab oʻtildi
hamda xalqaro hamkorlik, loyihalar va yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumot
berildi. Undan tashqari talabalar tomonidan berilgan savollarga
javob berildi.