"Rektor va yoshlar uchrashuvi"
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan
“Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasida navbatdagi uchrashuv Arxitektura
fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori, professor Tulaganov
Bahrom Abdukabilovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida
universitetda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning ilmiy-innovatsion
g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,
talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Tadbir
yakunida Arxitektura fakulteti dekani Xasanov Azamat Ozodovich so‘zga chiqib,
barcha g‘oliblarni chin dildan tabrikladi hamda yaqin orada dunyoning yetakchi
arxitektura kompaniyalari ishtirok etishi rejalashtirilayotgan xalqaro
konferensiyaga fakultet talaba-yoshlarini faol ishtirok etishga chorladi.