Rektor va yoshlar uchrashuvi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B.A.Tulaganov
Arxitektura fakulteti talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Unda Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini
ta’minlashga mas’ul bo’lgan rektor maslaxatchisi N.Nishonboyev, Korrupsiyaga
qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i
M.Isakdjanov, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda universitetda tahsil olayotgan
talabalarga sifatli taʼlim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlarni
taʼkidlab oʻtildi hamda xalqaro hamkorlik, loyihalar va yangiliklar toʻgʻrisida
maʼlumot berildi. Shuning bilan birga universitet ichki tartib qoidalari,
odob-ahloq qoidalari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.
Undan tashqari talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga to'laqonli
javob berildi.
