"Rektor va yoshlar uchrashuvi"
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida an’anaviy tarzda o‘tkazib
kelinayotgan “Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasida navbatdagi uchrashuv
Muhandislik fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet rektori B.Tulaganov, Talabalar orasida
ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini taʼminlashga maʼsul boʻlgan rektor
maslaxatchisi N.Nishonboyev, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirni universitet rektori Tulaganov Bahrom Abdukabilovich kirish
so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida universitetda yoshlarga yaratilayotgan
shart-sharoitlar, ularning ilmiy-innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash,
bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar uchun yaratilgan
imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘laqonli
javob oldilar.
