"Rektor va yoshlar uchrashuvi"

"Rektor va yoshlar uchrashuvi"
"Rektor va yoshlar uchrashuvi"
"Rektor va yoshlar uchrashuvi"
"Rektor va yoshlar uchrashuvi"
"Rektor va yoshlar uchrashuvi"

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasida navbatdagi uchrashuv Menejment fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.

Unda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.Mardov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirni universitet rektori Tulaganov Bahrom Abdukabilovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda universitetda tahsil olayotgan talabalarga sifatli taʼlim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va  imkoniyatlarni taʼkidlab oʻtildi hamda xalqaro hamkorlik, loyihalar va yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Shuning bilan birga universitet ichki tartib qoidalari, odob-ahloq qoidalari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javob oldilar.