“Seysmik va murakkab grunt sharoitlarida zamonaviy usullar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida “Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi”
kafedrasi tomonidan “Seysmik va murakkab grunt sharoitlarida zamonaviy usullar”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Tadbirda xorijiy va mahalliy mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan
ishtirok etdilar. Jumladan, Moskva davlat qurilish universiteti dotsenti
Dmitriy Yuryevich Chunyuk qoziqli poydevorlarni o‘rnatishning zamonaviy
usullari haqida ma’ruza qildi.
Anjuman yakunida ishtirokchilar “Gidrotexnika va geotexnika
muhandisligi” kafedrasining zamonaviy laboratoriyalari faoliyati bilan
tanishtirildi. Tadbir so‘ngida qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.
