Sustainability and UI GreenMetric at TAQU
Kampus muhiti va infratuzilma
TAQU Toshkent shahrining
Yunusobod tumanida joylashgan bo‘lib, o‘quv binolari, yotoqxona, sport va
ovqatlanish obyektlari, ochiq maydonlar hamda yashil hududlardan iborat yagona
kampus tizimini tashkil etadi. Ochiq maydon va yashil zonalar ulushi yuqori
bo‘lib, bu talabalar va xodimlar uchun qulay ekologik muhit yaratadi. Imkoniyati
cheklangan shaxslar uchun pandus, lift va maxsus sharoitlar bosqichma-bosqich
joriy etilmoqda.
Energiya va iqlim o‘zgarishi
Universitetda energiya samaradorligini oshirish maqsadida LED yoritish tizimlari, energiya tejamkor maishiy texnika, ventilyatsiyada rekuperatorlar va smart infratuzilma elementlari joriy etilmoqda. Face ID kirish tizimi va ayrim binolardagi “smart building” yechimlari energiya sarfini nazorat qilishga xizmat qiladi. Quyosh panellari kabi qo‘shimcha tashabbuslar “2026–2027 rejasi” sifatida ko‘rib chiqilmoqda
Chiqindilarni boshqarish
TAQUda chiqindilarni saralash qutilari, qog‘oz
sarfini kamaytiruvchi elektron platformalar (HEMIS, elektron jurnal) va
talabalar ishtirokidagi “Recycling Week” kabi ekologik tadbirlar orqali
chiqindilarni boshqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Xavfli chiqindilar (laboratoriya,
elektron, batareya) alohida tartibda boshqariladi. QR-kodli monitoring tizimi
kelgusi bosqich sifatida rejalashtirilgan.
Suv resurslarini boshqarish
Suvdan oqilona foydalanish maqsadida kampusda suv
ta’minoti, yashil hududlarni sug‘orish va suv sarfini nazorat qilish ishlari
olib borilmoqda. “Suvni tejaylik — kelajakni asraylik” tashabbusi doirasida
talabalar ishtirokida targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi. Smart suv
hisoblagichlari va real-time monitoring tizimi kelgusi bosqichda joriy etilishi
rejalashtirilgan.
Barqaror transport
TAQU shahar markazida joylashgani sababli universitetga metro va avtobus orqali qulay yetib borish imkoniyati mavjud. Kampusda piyodalar yo‘laklari, avtoturargoh va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kirish sharoitlari ta’minlangan. 2026-yil uchun asosiy maqsad — shaxsiy avtomobillarga bog‘liqlikni kamaytirish va velosiped infratuzilmasini rivojlantirishdir
Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar
TAQUning ustuvor yo‘nalishi — arxitektura, qurilish,
shaharsozlik va muhandislik sohalarida barqaror rivojlanishga oid ta’lim va
tadqiqotlarni rivojlantirishdir. Universitetda barqaror arxitektura, energiya
tejamkor binolar va ekologik qurilish materiallariga oid fanlar o‘qitiladi.
Chongqing University va Bauhaus University Weimar kabi xalqaro hamkorlar bilan
aloqalar yo‘lga qo‘yilgan, talabalar esa “Yashil Kampus”, “Recycling Week” kabi
jamoatchilik loyihalarida faol ishtirok etadi.
Boshqaruv va raqamlashtirish
Universitet faoliyatida shaffoflik va samaradorlikni
oshirish maqsadida HEMIS elektron tizimi, elektron jurnallar, Face ID kirish
tizimi va smart auditoriyalar qo‘llanilmoqda. 2026-yilda GreenMetric ishchi
guruhini shakllantirish, barqaror rivojlanish siyosatini rasmiylashtirish va
yillik “Sustainability Report”ni e’lon qilish rejalashtirilgan.