Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!

Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!
Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!
Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.

Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga xususiy tashabbuskor “ELEGANT INVEST” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (1 gektar) hududida 1440 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

📌 Qiziqish bildirish uchun so'rov shakli;

📌 Loyiha konsepsiyasi;

📌 Loyiha to'g'risida ma'lumot.

Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflarini 2025-yil 14-dekabr kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 23:59 gacha topshirilishi kerak.


Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

📧  Elektron pochta manzili: devon@taqu.uz

📞  Telefon raqami: +998(95) 142-35-85

📍  Manzil: 100194, Yangishahar ko'chasi 9A-uy, Toshkent shahar, Yunusobod tumani


 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

📧 Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz

📞 Telefon raqami: 71 203-32-23

📍 Manzil: 100095, Toshkent shahri Talabalar ko‘chasi 7-uy



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

 📧 Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uzXasan.Mirzayev@imv.uz

 📞 Telefon raqami: +998 (71) 203-50-50 (01921)

 📍 Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy

“Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʻrov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʻtkaziladi.