TAQU bitiruvchi talabalari “O‘zstandart” institutida bitiruv ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar
Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga
solish agentligi tarkibidagi O‘zbekiston standartlar instituti o‘rtasidagi
hamkorlik doirasida ilk bor bakalavriat bitiruvchi kurs talabalari bitiruv
malakaviy ishlarini mazkur institutda himoya qildilar.
“Metrologiya,
standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti qurilish” ta’lim yo‘nalishi
bitiruvchilari Obidjonov Boburjon Nozimjon o‘g‘li “Shahar aholisini ichimlik
suvi ta’minotida standartlashtirish me’yor va qoidalari tahlili”, Qobilova
Gulmira Odiljon qizi “Shahar transport infratuzilmasida sifat boshqaruv tizimi
tahlili” va Latipov Erkin Azamat o‘g‘li “Vaqt va chastota o‘lchash vositalarini
qiyoslash va kalibrlash tizimi” mavzularida ingliz tilida bitiruv ishlarini
himoya qildilar.
Himoyalar “Shahar infratuzilmasi” kafedrasi
professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston standartlar instituti, Milliy metrologiya
instituti hamda UzTest markazi mutaxassislari ishtirokida yuqori saviyada
o‘tkazildi. Bitiruv ishlari dolzarb mavzulari, ilmiy yondashuvi va amaliy
ahamiyati bilan e’tirof etilib, kelgusida ularni amaliyotga tatbiq etish, ilmiy
izlanishlar bilan davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
A’lo baho olgan talabalar magistraturaga tavsiya
qilinib, soha tashkilotlari tomonidan ishga taklif etish takliflari ham
bildirildi.