TAQU delegatsiyasi Tianjin shahridagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

2025-yil 14-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi Maslahatchisi yordamchisi Toirxon Abbosxonov, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Rektori Baxrom Tulaganov, Rektor assistenti Akbar Suvonqulov hamda universitetning marketing bo‘yicha mutaxassisi Saidumarxon Abdimajitovdan iborat delegatsiya a’zolari Tianjin shahridagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Tianjin universiteti Vitse-prezidenti Ming Dong boshchiligidagi universitet rahbariyati bilan muzokaralar olib bordilar. Uchrashuvda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Tianjin universiteti o‘rtasida talabalar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ikki tomonlama kelishuv imzolandi.

Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya Tianjin Chenjian universitetiga tashrif buyurdi. Universitet Prezidenti Van Zhongliang boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar talabalar almashuvi, ilmiy tadqiqotlar, grant va investitsion loyihalar bo‘yicha yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, 2025/2026 o‘quv yiligacha ushbu yo‘nalishlarda “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.