TAQU rahbariyati yozgi ta'tilda talaba qizlar yashash sharoitini o‘rgandi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov
universitet Xotin-qizlar kengashi raisi N.Kurbanova bilan birgalikda yozgi
ta'til davrida ijara xonadonlarida yashayotgan talaba qizlarning boʻsh
vaqtlarini qanday oʻtkazayotganliklarini bilish maqsadida holidan xabar oldi.
Uchrashuv davomida ularning yashash va ta’lim olish sharoitlari bilan
yaqindan tanishildi. Shuningdek, talabalarga ta’lim olishlari uchun yetarli
imkoniyatlar yaratilganligi ta’kidlanib, yozgi ta’til davrini mazmunli va
foydali o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Universitet rahbariyati talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularning
ijtimoiy va ma’naviy hayotiga e’tibor qaratishni davom ettiradi.