TAQU rektori Bahrom Abdukabilovich ishtirokida Talabalar Kengashi (Students’ Union) bilan navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida universitet rektori Bahrom Abdukabilovich ishtirokida Talabalar Kengashi (Students’ Union) bilan navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida universitetning faol talabalar jamoasi va volontyorlariga talabalik hayotiga qo‘shgan munosib hissalari uchun minnatdorchilik ifodasi sifatida tashakkurnomalar topshirildi.

Rektor B.A.Tulaganov ta’lim sifatini oshirish, talabalarni o‘quv va tashabbuslarga keng jalb qilish, shuningdek, talabalar o‘zini o‘zi boshqaruvini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning faoliyatini talabalarning fikr-mulohazalari asosida baholashga yo‘naltirilgan yangi tizim taqdim etildi. Mazkur tizim ta’lim jarayonining ochiqligi va sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Yaqin kunlarda kuchli volontyorlik tashkilotini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. Bu orqali talabalar amaliy tajriba orttirish va jamiyatga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Uchrashuvda rektor universitetda amalga oshirilayotgan mavjud loyihalar haqida ma’lumot berib, talabalarni ushbu tashabbuslarda faol ishtirok etishga chorladi.

Ilm-fan bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan talabalar uchun professor-o‘qituvchilar tomonidan shaxsiy mentorlik tizimini joriy etish bo‘yicha tashabbus ilgari surildi.