TAQU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.Mardov ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning holidan xabar oldi

Unda ijarada istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoiti, uy ichidagi sanitariya holati, hamda ularning o‘qish va dam olish uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi. Shuningdek, ijara uyida kimlar bilan birga istiqomat qilayotgani, qo‘shnilar bilan munosabatlari, atrof muhitdagi xavfsizlik va tinchlik holati ham tahlil qilindi.

Uchrashuv davomida quyidagi ma'lumotlar berib o‘tildi:

  • Is gazidan zaxarlanish, gaz havo aralashmasi chaqnashining oldini olish va ogohlantirish;
  • Yong‘in xavfsizligi talablari, isitish moslamalari va pechlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish va shoshilinch evakuatsiya qilish qoidalari.

Shuningdek talabalarning muammolari, taklif va ehtiyojlari o‘rganildi. Qolaversa, ijara beruvchi xonadon egalari bilan ham muloqot o‘rnatilib, talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan fikrlar almashildi.