TAQUda yangi ishlanmalar va loyihalarni amalga oshiruvchi “Spin-off” korxonasini tashkil etish bo‘yicha
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida yangi ishlanmalar va loyihalarni amalga
oshiruvchi “Spin-off” korxonasini tashkil etish bo‘yicha talabgorlarni
tanlash jarayoni boshlanganini ma’lum qilamiz.
Tanlovda universitet
professor-o‘qituvchilari, talabalar, magistrantlar, izlanuvchilar hamda
manfaatdor talabgorlar ishtirok etishlari mumkin.
“Spin-off” korxonasining asosiy yo‘nalishlari:
⚡️startap va
ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish va tijoratlashtirish;
⚡️universitet
hududida oshxona, bufet, kantselyariya savdosi va boshqa xizmatlarni tashkil
etish;
⚡️ talabalarni
doimiy yoki qisman bandlik asosida ishga jalb qilish.
Talabgorlar komissiya tomonidan suhbat asosida saralab olinadi.
Tanlov komissiyasi yig‘ilishi 2026-yil 4-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Batafsil
ma'lumot uchun: Akmal
Mirzayev 93-574-49-09
