TAQUga biriktirilgan Olmaliq qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlarga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 24-oktyabrdagi 394-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 25-dekabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga biriktirilgan Olmaliq qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida tasdiqlangan Yo‘l xaritasining har bir bandi alohida ko‘rib chiqilib, ta’lim sifatini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘quv jarayonini takomillashtirish hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Mazkur uchrashuv Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Akademik litsey va texnikumlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Aliyeva Z.M. tomonidan tashkil etildi va olib borildi.

Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar belgilandi hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari aniqlab olindi.