“Tikuvchilik san’ati” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida talaba-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish,
ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli
tashkil etish maqsadida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
boshqarmasi tashabbusi bilan “Tikuvchilik san’ati” to‘garagining navbatdagi
mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur to‘garak talabalarning tikuvchilik yo‘nalishidagi bilim va
ko‘nikmalarini oshirish, kasbiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni
mehnatsevarlik va ijodkorlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar tikuvchilikning boshlang‘ich va amaliy
bosqichlari, matolar bilan ishlash texnikasi, kiyim detallarini tayyorlash,
bichish va tikish jarayonlari bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘ldilar.
To‘garak a’zolari o‘zlarining mahorat va ijodiy yondashuvlarini namoyon etib,
turli buyumlar va kiyim elementlarini tayyorlash jarayonida amaliy tajriba
orttirdilar. Mashg‘ulotlar talabalarda aniqlik, mas’uliyat, sabr-toqat va estetik
didni shakllantirishga xizmat qildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning kasbiy qiziqishlari yanada mustahkamlanib,
ularning mustaqil faoliyat yuritish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
“Tikuvchilik san’ati” to‘garagi talaba-yoshlarning kasbiy salohiyatini
oshirish, ularni zamonaviy kasb-hunar sirlariga o‘rgatish hamda iste’dod va
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
