Toʻmaris izdoshlari

Toʻmaris izdoshlari
Toʻmaris izdoshlari
Toʻmaris izdoshlari
Toʻmaris izdoshlari
Toʻmaris izdoshlari
Toʻmaris izdoshlari

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish, xotin-qizlarning ongida tariximiz, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizga chuqur hurmat va ehtirom tuyg‘usini mustahkamlash, hayotda g‘alabaga intilish, yuksak vatanparvarlik, qat’iyat, iroda, shukronalik, ilm-fanga va Vatanga mehr-sadoqat hissini oshirish maqsadida universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Kurbanova boshchiligida “To‘maris izdoshlari” sport tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada qizlar quyidagi shartlar boʻyicha bellashdilar:

1. Jamoani tanishtirish;

2. “Sport bilan hamnafasmiz” musobaqalari:

- 100 metrga yugurish;

- estafeta yugurishi (400×300×200×100 m);

- darts uloqtirish;

-kamondan oʻq otish;

3. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;

4. Velosipedda uchish.    

Ushbu tanlovda barcha fakultet jamoalari faol ishtirok etib, o‘zlarining g‘alabaga bo‘lgan ishonchi, yuqori intellektual salohiyati hamda ma’naviy va jismoniy tayyorgarligini namoyon etishdi. Gʻolib boʻlgan ishtirokchilar fahriy yorliq bilan taqdirlanib, hududiy shahar bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

Musobaqa koʻtarinki saviyada, juda qizgʻin boʻlib oʻtdi.