Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasida malakaviy amaliyot boshlandi
2025-yil 14-apreldan Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi sirtqi ta’lim
yo‘nalishining 3- va 4-kurs talabalari uchun malakaviy (o‘quv texnologik va
ishlab chiqarish) amaliyotlari boshlandi. Amaliyot doirasida 3-kurs talabalari
Toshkent shahri Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasida qurilayotgan
Avtoturargoh binosi hamda qurilishi yakunlanmagan Jamoat binosining qurilish
jarayonlari bilan tanishdilar. 4-kurs talabalari esa “Renessans” turar-joy
majmuasida olib borilayotgan qurilish ishlarida bevosita ishtirok etmoqdalar.
Ushbu majmua 5 qavatli zamonaviy turar-joy binolaridan iborat bo‘lib, amaliyot
davomida talabalar loyihaning barcha bosqichlari bilan tanishmoqda. Mazkur
amaliyotlar talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, sohadagi amaliy
ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.