Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Ginnes rekordi uchun robot yaratish bo‘yicha tayyorgarlikni boshladi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti iqtidorli talabalari 2 000
nafar ixtirochi orasida o‘z nomini tarixga muhrlash maqsadida Ginnes rekordini
o‘rnatish yo‘lida faol tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.
Tayyorlov jarayonida “Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini
tashkil etish bo‘limi” tomonidan yosh ixtirochilarga amaliy va tashkiliy
jihatdan har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish va universitet nomini xalqaro
miqyosda yanada yuksaltirish.