Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot institutiga mutaxassis va ilmiy xodimlarni jalb qilish uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot institutiga mutaxassis va ilmiy xodimlarni jalb qilish uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-309-son qarorining 3-ilovasi 5.1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Universitet Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot institutiga mutaxassis va ilmiy xodimlarni jalb qilish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

 

Arizalar quyidagi bo‘limlar uchun qabul qilinadi:

-       Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi laboratoriyasiga:

Laboratoriya mudiri – 1

Katta ilmiy xodim – 2

Kichik ilmiy xodim - 3

-       Geotexnika, gruntlar mexanikasi va qurilish materiallari laboratoriyasiga:

Laboratoriya mudiri – 1

Katta ilmiy xodim – 2

Kichik ilmiy xodim - 3

-       “Yashil” qurilish, energiya samarador va muqobil texnologiyalar laboratoriyasiga:

Laboratoriya mudiri – 1

Katta ilmiy xodim – 2

Kichik ilmiy xodim - 3

-       Sun’iy intellekt texnologiyalari va raqamli qurilishni rivojlantirish laboratoriyasiga:

Laboratoriya mudiri – 1

Katta ilmiy xodim – 2

Kichik ilmiy xodim - 3

-       Barqaror konstruktiv yechimlar, shaharsozlik va infratuzilma laboratoriyasiga:

Laboratoriya mudiri – 1

Katta ilmiy xodim – 2

Kichik ilmiy xodim - 3

Talabgorlar ariza topshirayotgan lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-maydagi 01/00-03/10-6274-sonli xati asosida Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2020) hamda yangilangan kasb standarti maketi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017-yil 26-dekabrdagi 941-sonli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i, shuningdek amaldagi me’yoriy – huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan “Tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasi” talablari bo‘yicha tanlanadi.