Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi “Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish” milliy tadqiqot institutiga malakali mutaxassislar va ilmiy xodimlarni jalb qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilinadi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi “Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish” milliy tadqiqot institutiga malakali mutaxassislar va ilmiy xodimlarni jalb qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilinadi

Quyidagi bo‘sh lavozimlar uchun hujjatlar qabul qilinadi:

1. Marketing bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i

Marketing, reklama, iqtisod, biznes boshqaruvi yoki shunga yaqin yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;

3–5 yil ish tajribasi;

Marketing strategiyasi, brending, reklama va PR asoslari bo‘yicha chuqur bilim;

Digital marketing (SMM, SEO, SEM, Google Ads, targeting, email marketing) bo‘yicha amaliy tajriba.

Yetakchi iqtisodchi

Marketing, iqtisod yoki menejment bo‘yicha oliy ma’lumot;

2–3 yil ish tajribasi;

Marketing kampaniyalarini rejalashtirish va monitoring qilish ko‘nikmalari;

Kontent va reklama materiallarini tayyorlash, digital kanallarni bilish.

Iqtisodchi

Mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot;

Bo‘limning iqtisodiy jarayonlarini yuritish ko‘nikmalari.

2. Rejim-maxsus qism (bo‘lim) mutaxassisi

Yuridik, xavfsizlik, axborot xavfsizligi yoki boshqaruv yo‘nalishlarida oliy ma’lumot;

Davlat siri, xizmat siri va maxfiy hujjatlar bilan ishlash tartibini bilish;

1–3 yil tegishli sohadagi tajriba (rejim, xavfsizlik, hujjatlar bilan ishlash).

3. Xo‘jalik ishlari bo‘limi

Bosh iqtisodchi

Menejment, xo‘jalik yuritish, iqtisod yoki texnik yo‘nalishlarda o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot;

Xo‘jalik ishlari bo‘yicha kamida 1 yil tajriba (afzal);

Moddiy boyliklar, inventar va ta’minot jarayonlari bilan ishlash tartibini bilish;

Mehnat muhofazasi, yong‘in va texnika xavfsizligi bo‘yicha asosiy bilimga ega bo‘lish.

Murojaat uchun:

+998944200333