Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi “Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish” milliy tadqiqot institutiga malakali mutaxassislar va ilmiy xodimlarni jalb qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilinadi
Quyidagi bo‘sh lavozimlar uchun hujjatlar qabul qilinadi:
1. Ekspertlar guruhi boshlig‘i
Talablar:
- Oliy ma’lumot (qurilish, arxitektura yoki muhandislik yo‘nalishi)
- Kamida 5 yil ish tajribasi
- Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tajribasi
- Amaldagi me’yoriy hujjatlarni (QMQ, SHNK va boshqalar) mukammal bilish
- Rahbarlik va muvofiqlashtirish ko‘nikmasiO'zbekiston Respublikasi
qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi sertifikati
2. Loyiha bosh muhandisi
Talablar:
- Oliy texnik ma’lumot
- Kamida 5 yil loyiha ishlari bo‘yicha tajriba
- Muhandislik bo‘limlari faoliyatini boshqarish tajribasi
- AutoCAD, Revit va boshqa dasturlarni bilish
- Mas’uliyat va tashabbuskorlik, O'zbekiston Respublikasi qurilish va
uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi sertifikati
3. Loyiha bosh arxitektori
Talablar:
- Oliy arxitektura ma’lumoti
- Kamida 5 yil ish tajribasi
- Arxitektura loyihalarini ishlab chiqish tajribasi
- Shaharsozlik va qurilish me’yorlarini bilish
- Jamoa bilan ishlash ko‘nikmasi O'zbekiston Respublikasi qurilish va
uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi sertifikati
4. Arxitektor
Talablar:
- Oliy yoki o‘rta-maxsus arxitektura ma’lumoti
- 1–3 yil ish tajribasi (yangi bitiruvchilar ko‘rib chiqiladi)
- AutoCAD, Revit, SketchUp dasturlarini bilish
- Loyihaviy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi O'zbekiston Respublikasi
qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi sertifikati
5. Muhandis-konstruktor
Talablar:
- Oliy texnik ma’lumot
- Konstruktsiyalar bo‘yicha ish tajribasi
- Hisob-kitoblar va chizmalar bilan ishlash ko‘nikmasi
- AutoCAD va hisoblash dasturlarini bilish
- O'zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi
sertifikati