Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakultetida professor-o‘qituvchilar uchun muhim o‘quv seminarlar tashkil etildi
Seminar Muhandislik fakulteti dekani D. Xoliqov, O‘quv-uslubiy boshqarma
bosh mutaxassisi Z. Tagayev hamda “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi
mudiri D. Maxmudova boshchiligida tashkil etildi.
Mazkur seminarlar TOP-300 reytingidagi yetakchi xorijiy oliy ta’lim
muassasalarining ta’lim dasturlari asosida universitet o‘quv dasturlarini
maqbullashtirish, xalqaro tajribani o‘rganish va ta’lim sifatini oshirishga
qaratilgan.
Seminarda Polsha Respublikasida joylashgan Belostok Oliy iqtisodiyot
universiteti professori — Leх Dzenis ishtirokida bir marotabalik
o‘tkazildi.
Professor Leх Dzenis:
- PROEKO va BSK BIOGEST kompaniyalari rahbari,
- Belostok Oliy iqtisodiyot universiteti rektorining maslahatchisi,
- Suv resurslarini boshqarish bo‘yicha xalqaro ekspert,
- Belostok Texnologiya universiteti prezidenti hisoblanadi.
Seminarlar jarayonida:
- muhandislik ta’limida zamonaviy yondashuvlar,
- o‘quv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish,
- ilm-fan, innovatsiya va amaliyot integratsiyasi masalalari muhokama
qilinadi.
Ushbu seminar professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish,
xalqaro tajribani o‘rganish va universitet ta’lim jarayonini yanada
takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
