Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor- o'qituvchilari bayramona kutib olindi
1-oktabr – O‘zbekiston ta’lim tizimida muhim sana: O‘qituvchi va
murabbiylar kuni. Bu kun nafaqat o‘qituvchilar, balki bizning hayotimizda iz
qoldirgan barcha ustozlar – bilim beruvchi, tarbiya qiluvchi va yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatuvchi insonlarga bag‘ishlangan.
Erta tongdan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalarga
ta'lim-tarbiya berishda, ularning jamiyat uchun nafi tegadigan komil shaxs
bo'lishlarida mashaqqatli mehnat qilayotgan barcha
professor-o'qituvchilar va xodimlar 1-oktyabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni
munosabati bilan universitet ostonasida mo'tabar ustozlar musiqasi sadolari
ostida gullar bilan tantanali kutib olindi.
Siz, aziz ustozlarni kasb
bayramingiz bilan samimiy qutlaymiz!