Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati talabalarning yashash sharoitini o‘rgandi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov va
Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB HPB profilaktika katta inspektori mayor A.
Shodiyev bilan birgalikdaa ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning
holidan xabar oldilar
Uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoiti, uy ichidagi
sanitariya holati, hamda ularning o‘qish va dam olish uchun yaratilgan
imkoniyatlar o‘rganildi. Shuningdek, ijara uyida kimlar bilan birga istiqomat
qilayotgani, qo‘shnilar bilan munosabatlari, atrof muhitdagi xavfsizlik va tinchlik
holati ham tahlil qilindi.
Bundan tashqari talabalarga bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, sog‘lom
turmush tarziga amal qilish, ta’limda yuqori natijalarga erishish, shuningdek,
shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash, mehnat va ta’limda mas’uliyatli bo‘lish,
oilaviy qadriyatlarni asrash hamda ijtimoiy faollikni oshirish borasida tavsiya
va maslahatlar berildi.
