Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati talabalarning yashash sharoitini o‘rgandi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning holidan xabar oldilar.

Uchrashuv davomida talabalarning  yashash sharoiti, uy ichidagi sanitariya holati, hamda ularning o‘qish va dam olish uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi. Shuningdek, ijara uyida kimlar bilan birga istiqomat qilayotgani, qo‘shnilar bilan munosabatlari, atrof muhitdagi xavfsizlik va tinchlik holati ham tahlil qilindi.

Bundan tashqari talabalarga bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ta’limda yuqori natijalarga erishish, shuningdek, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash, mehnat va ta’limda mas’uliyatli bo‘lish, oilaviy qadriyatlarni asrash hamda ijtimoiy faollikni oshirish borasida tavsiya va maslahatlar berildi.