Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talaba-yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish profilaktik davra suhbati tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Qurilish fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, internet makonida yuzaga kelayotgan firibgarlik holatlarining oldini olish hamda shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, podpolkovnik M.R. Ma’murov hamda Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB HPB profilaktika katta inspektori, mayor A.K. Shodiyev, shuningdek Qurilish fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida kiberjinoyatchilikning keng tarqalgan turlari, ularning huquqiy oqibatlari, raqamli xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda yoshlarning bu boradagi mas’uliyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berilib, kiberjinoyat holatlariga duch kelganda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.