Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari ʻʻHigh Town Cityʼʼ qurilish majmuasi bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdilar
Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti Qurilish muhandisligi kafedrasi dotsenti K.
Shukurova va katta oʻqituvchi D. Saydullayeva 47-22 va 54-22 guruh talabalari
bilan birgalikda Yunusobod tumanida yangi qurilgan ʻʻHigh Town Cityʼʼ qurilish
majmuasi bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdilar.
Uchrashuv jarayonida talabalar ʻʻHigh Town Cityʼʼ majmuasining koʻp
funksiyali obyektlari hamda majmua oʻz ichiga olishi rejalashtirilgan 24
qavatli 5 yulduzli mehmonxonaning qurilish jarayoni bilan tanishdilar.
