Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari Moskvada o'tkazilgan TexnoNIKOL kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda munosib ishtirok etib, faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritib qaytishdi.
Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti talabalari Moskvada o’tkazilgan TexnoNIKOL kompaniyasi tomonidan
tashkil etilgan tanlovda munosib ishtirok etib, faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritib
qaytishdi. Universitet jamoasi ushbu yutuqdan g’ururlanadi va talabalarni
erishgan natijalari bilan qutlaydi. Bu g'alaba ularga berilgan bilim va
mahoratning amaliy isboti, shuningdek, universitetning xalqaro maydonda
obro’sini yanada oshirishga hissa qo’shdi. Universitet rektori v.v.b.
B.A.Tulaganov talabalarimizning sa’y-harakatlarini munosib e’tirof etib, ularga
universitet nomidan TASHAKKURNOMA topshirdi. Talabalarimizga kelgusi ishlarida
muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va baland cho'qqilarni zabt etishlarini
tilaymiz!