Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari “O‘zog‘irsanoatloyiha” institutida laboratoriya mashg‘ulotini o‘tkazdilar

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Qurilish muhandisligi kafedrasi dotsenti K.Shukurova va katta o‘qituvchi D.Saydullayeva talabalar bilan birgalikda “O‘zog‘irsanoatloyiha” institutida laboratoriya mashg‘ulotini o‘tkazdilar.

Institut direktor o‘rinbosari O‘tkir Butayevich Quchqarboyev talabalarga bugungi kunda qurilish jarayonlarida qo‘llanilayotgan texnologiyalar va amaliy jarayonlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Qurilish obyektlaridan olingan beton namunalarining laboratoriyaga qabul qilinishi, ularning o‘lchamlari bo‘yicha (10×10×10 va 15×15×15) sinovdan o‘tkazilishi, shuningdek armaturalarning cho‘zilish kuchini aniqlash jarayonlari talabalarga amaliy tarzda namoyish etildi.

Talabalar beton kubiklarining sinishi va armaturalarning cho‘zilishdagi mustahkamligini bevosita kuzatib, o‘z bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashdi.