Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari “Qishda qushlarga ko‘mak” ekologik aksiyasida faol ishtirok etdilar
Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti Menejment fakultetining eko-volontyor
talabalari 2026-yil 3-fevral kuni — Xalqaro qushlarni oziqlantirish kuni
munosabati bilan tashkil etilgan “Qishda qushlarga ko‘mak” ekologik
aksiyasida faol ishtirok etdilar.
Mazkur aksiya O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi
hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida Toshkent shahridagi
Adiblar xiyobonida o‘tkazildi. Tadbir davomida volontyor talabalar qish faslida
qushlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tabiiy muhitini asrash va ekologik
madaniyatni targ‘ib etishga qaratilgan ishlarda faol qatnashdilar.
Aksiya yakunida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment fakulteti
eko-volontyorlari Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi tomonidan
sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
