Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari ʻʻSoy bo'yiʼʼ qurilish obʼektiga tashrif buyurishdi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ʻʻQurilish muhandisligiʼʼ kafedrasi dotsenti Usmanxodjayeva L.A. rahbarligida 2- va 3-bosqich talabalari Oʼzbekiston Respublikasidagi yetakchi qurilish tashkiloti tomonidan barpo etilayotgan Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan ʻʻSoy bo'yiʼʼ qurilish obʼektiga tashrif buyurishdi.

Obʼekt qurilishi 4 bosqichga mo'ljallangan bo'lib 2028-yilda aholiga topshiriladigan turar joy majmuasidir. Malakali loyihachilar tomonidan loyihalangan hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bitiruvchilari nazorati va ishtirokida barpo etilayotgan turar joy majmuasi tom ma'noda sifatli qurilish materiallari va innovatsion texnologiyalar qo'llanilgan baxt qoʼrgʻoni namunasidir.

Talabalar mutaxassislarga oʼzlarini qiziqtirgan savollarni berdilar, olgan nazariy bilimlarini amaliy sharoitda koʼrishga muyassar boʼldilar, qurilish sohasiga qiziqishlari yanada ortdi.