Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tyutorlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish va
komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov ва
Yoshlar masalalari va manaviy-ma’rifiy ishlar prorektori v.b. S.Mardov
tomonidan universitet tyutorlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida akademik halollikni ta’minlash, ta’lim jarayonida
korrupsion holatlarning oldini olish, shuningdek, xodimlar va talabalar
o‘rtasida halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash masalalari
muhokama qilindi.
Tyutorlar talabalar bilan bevosita ishlovchi asosiy bo‘g‘in sifatida,
ularning dunyoqarashi va xulq-atvoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi qayd
etildi. Shuningdek,
tyutorlarning korrupsiyaga qarshi yo‘naltirilgan tadbirlarda faol ishtirok
etishi, talabalarga halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillarini
singdirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida
targ‘ibot va tushuntirish ishlariga alohida e’tibor qaratishi zarurligi alohida
ta’kidlandi.
