Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va G.V. Plekhanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida onlayn vebinar tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamkorlik to‘g‘risidagi bitim
ijrosini ta’minlash, shuningdek, o‘zaro ilmiy-amaliy aloqalarni yanada
rivojlantirish maqsadida “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi tashabbusi bilan
G.V. Plekhanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti bilan online vebinar
o‘tkazildi.
Tadbirda Menejment fakultetining 2-bosqich 57-24, 60-24 hamda 1-bosqich
44-25, 46-25 guruhlari talabalari faol ishtirok etdilar. Vebinar ma’ruzasini
mazkur universitetning Oliy ijtimoiy-gumanitar fanlar maktabi chet tillar
kafedrasi lektori Armine Eduardovna Grigoryan ingliz tilida olib bordi.
Vebinarda quyidagi mavzularda dolzarb ma’ruzalar taqdim etildi:
“What Marketing Mix Models Show Advertisers”
“The Most Effective Advertising Techniques in Digital Era”
Tadbir davomida talabalar amaliy mashg‘ulotlarda yuqori faollik
ko‘rsatib, mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ma’ruzalar
global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishni maqsad qilgan yoshlar uchun
muhim nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oldi.
Shuningdek, talabalar zamonaviy boshqaruv, jamoaviy ish, marketing va
reklama sohalariga oid xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishdilar hamda
ingliz tilidagi ilmiy-amaliy terminlar bilan ishlash ko‘nikmalarini
mustahkamlashga erishdilar.
