Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Toshkent Gidrometeorologiya Texnikumi Hamkorligi
Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasining
Toshkent Gidrometeorologiya Texnikumidagi filiali ochildi. Tadbirda
"Qurilish" fakulteti dekani A.J. Abdullayev, texnikum direktori E.J.
Daulatov, kafedra mudiri N.A. Aripova hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok
etdi.
Hamkorlikning asosiy
maqsadi oliy ta’limni ishlab chiqarish
talablari asosida rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish
va fan hamda amaliyotni integratsiya qilishdir. Ushbu hamkorlik doirasida
Talabalar amaliy
mashg‘ulotlarini texnikum negizida o‘tkazish
Soha ehtiyojlariga mos
ta’lim dasturlarini ishlab chiqish
Ilmiy-tadqiqot va
innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish
Eng ilg‘or xorijiy
tajriba asosida o‘quv-metodik materiallar yaratish
Iqtidorli talabalarni ilmiy izlanishlarga jalb etish rejalashtirilgan.
Bu tashabbus ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.