Toshkent arxitektura-qurilish universiteti vakillari "To‘maris izdoshlari" talaba-qizlar sport musobaqasida ishtirok etdi
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan
va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan "To‘marisning kuchi
bizda" shiori ostidagi "To‘maris izdoshlari" talaba-qizlar sport
musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport musobaqasida Toshkent shahar OTMlaridan
jami 35 ga yaqin jamoalar qatorida universitetimizning abjir, chaqqon, o'zigan
ishongan dovyurak To'maris siymosidagi qizlarimiz faol ishtirok etdilar.