Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan “Olima ayollar” va “Lider yoshlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi maslahatchisi, “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati faol azosi, Xalqaro toifadagi spiker, “Oqila ayollar” harakati targ’ibot guruhi a’zosi, “Mehnat Shuhrati” ordeni sohibasi, “O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi”, Falsafa fanlari doktori, professor Shermuxamedova Jamila Tashpulatovna ishtirok etdi. Muloqotda mamlakatimizda olib borilayotgan o’zgarish va yangilanishlar ayniqsa, jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salohiyati, iqtidori, yetakchilik, liderlik qobiliyatini yuzaga chiqarish, davlat boshqaruvida faol ishtirokini ta’minlash, siyosiy yetakchilarning yangi avlodini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Qiziqarli trening shaklida olib borilgan suhbat
talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.