Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “5 muhim tashabbus” doirasidagi kitobxonlik targʻiboti oʻtkazildi
Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik”
kafedrasi professor-o‘qituvchilari boshchiligida talabalar oʻrtasida “5 muhim
tashabbus” doirasidagi kitobxonlik targʻiboti oʻtkazildi.
Unda yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni
kitob bilan do‘st bo‘lishga, talabalar oʻrtasida kitobxonlik saviyasini yanada
oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bunda avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara
namunalarini keng targ‘ib qilishga alohida e'tibor berishimiz muhim ahamiyat
kasb etadi.
Talabalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, badiiy va ilmiy
adabiyotlarga qiziqishni kuchaytirish, maʼnaviy-axloqiy dunyoqarashni
kengaytirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishdan iborat.
