Toshkent arxitektura-qurilish universitetida aholini ro‘yxatga olish mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish jarayonining mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan ochiq dars-maruza tashkil etildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda turli fakultetlarning talabalari ishtirok etishdi.

Maruza davomida ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni, uning davlat boshqaruvidagi ahamiyati, shuningdek, statistik ma’lumotlarni shakllantirishdagi asosiy tamoyillari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, ochiq darsda ro‘yxatga olish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, ma’lumotlarning aniqligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning bu jarayondagi faol ishtiroki masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.