Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajak kafolati!” shiori ostida “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” tadbiri o‘tkazildi

“9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajak kafolati!” shiori ostida “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Isakdjanov, Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri o’rinbosari, dotsent, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) A.Yuldashev, Toshkent shahar Yunusobod tumani IIB XPB, profilaktika katta inspektori mayor A.Shodiyev, universitet Yoshlar masalalari va manaviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i N.Kurbanova va Qurilish fakulteti dekani A.Abdullaev ishtirok etilar.

Uchrashuv davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, halollik va adolat tamoyillarini chuqur anglash, shuningdek, korrupsiyasiz muhitni shakllantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Talabalarga o‘z bilimlarini halol yo‘l bilan egallash, o‘qish jarayonida adolat, mas’uliyat va vijdon tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Ularning har birining halol mehnati va adolatli yondashuvi mamlakat kelajagi uchun muhim omil ekani alohida qayd etildi.

Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar, korrupsiyaga qarshi madaniyatni yuksaltirish borasida amaliy g‘oyalar ilgari surildi. 

Shuningdek, tadbir davomida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan universitetda “Aksilkorrupsiya oyligi” e’lon qilingani ma’lum qilindi. 

Joriy oy davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik va shaffoflik tamoyillarini targ‘ib qilishga qaratilgan turli tadbirlar, uchrashuvlar hamda ma’naviy-ma’rifiy loyihalar o‘tkazilishi belgilab olindi.  

Shu jumladan, “Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajak kafolati!” mavzusida “Eng yaxshi rasm”, “Eng yaxshi insho” va “Eng yaxshi videorolik” kabi tanlovlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgani ta’kidlab o‘tildi.

Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida halollik, mas’uliyat va adolat ruhini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, universitetda korrupsiyaga toqat qilinmaslik muhitini yanada kuchaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.