Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Amaliy kimyo laboratoriyasi” to‘garagi faoliyati davom etmoqda
Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli
tashkil etish maqsadida amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi
doirasida “Amaliy kimyo laboratoriyasi” to‘garagida turli laboratoriya ishlari
bajarilmoqda.
Xususan, reaksiya tezligiga haroratning ta’sirini aniqlashga doir
mashqlar o‘tkazildi. Ushbu laboratoriya ishini har bir talaba mustaqil bajarib
ko‘rib, zarur amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Shuningdek, talabalar matematik
mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash bo‘yicha ham tajribalar
o‘tkazdilar.
To‘garakning navbatdagi mashg‘uloti “Qurilish va atrof muhit
muhandisligi” kafedrasining tajribali professor-o‘qituvchilari A. Abduraximov
va M. Mavlanovalar rahbarligida tashkil etildi. Unda talabalar “Eritma
tayyorlash. Eritmalarning konsentratsiyasini uning zichligi (areometr) orqali
aniqlash” mavzusidagi laboratoriya ishini amaliy tarzda bajarib, tajribadan
o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.