Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Kino kechasi” filimlar namoyishi o‘tkazildi
Prezident tashabbusi bilan yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil
etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi taʼtil davrida
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti talabalari
bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida yoshlarning adolatparvarlik,
halollik, fuqarolik burchiga sadoqat, Vatanga mehr va ijtimoiy faolligini
oshirish maqsadida o'zbek kinematografiyasining muhim namunalaridan biri "ADOLAT"
badiiy filmi talabalarga namoyish etildi.
Tadbir mobaynida talabalarning
ijtimoiy muammolarga befarq bo‘lmaslik, huquqiy madaniyatni
rivojlantirishga oid qiziqishlari oshgani kuzatildi. Bunday filmlarning
namoyish etilishi yoshlarning ongida fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda,
ularni to‘g‘ri hayotiy yo‘lga yo‘naltirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi
isbotlandi.